MHTI tahlili natijalariga ko‘ra, noyabr oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida o‘rtacha narxlar pasayishda davom etdi. Jumladan, kam foydalanilgan Onix`ning o‘rtacha narxi 5,4 foizga pasaydi. Mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Oktabr oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi (95,4 ming dona). Sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan (-43,3 foiz). Oy davomida ikkilamchi bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kam avtomobil sotildi.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida avtomobil narxlari o‘sishi sekinlashdi. Bu avtokreditlar foiz stavkalarining oshishi hamda bunday kreditlar berilishining 2,1 barobarga kamayishi fonida yuz berdi. Bozordagi faollikning pasayishi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 300 mingdan ziyod avtomobili sotildi. UzAuto Motors`ning bu bozordagi ulushi 89,4 foizni tashkil etmoqda. Mashinalari eng ko‘p sotilayotgan brendlar o‘rtasida Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egalladi.
Avgust oyida yengil elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Umumiy avtomobil bozorida yillik pasayish davom etmoqda.
Iyul oyidagi o‘sishga qaramay, O‘zbekistonda avtomobil savdosi yillik ko‘rsatkichlarda, ayniqsa, xorijiy yengil avtomobillar segmentida (-46,5 foiz) pasayishda davom etmoqda. Ikkilamchi bozorda tuzilgan shartnomalar soni oshdi, ammo umumiy tendensiya savdo hajmining kamayganini ko‘rsatmoqda.
2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi.
Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyida avtomobillar sotuvi 147,5 mingtani tashkil etib, oktabr oyiga nisbatan 19 foizga pasayganini ma’lum qildi. Elektromobillar sotuvi ketma-ket uchinchi oy pasaydi.
O‘zbekistonda sentabr oyida elektromobillar savdosi kamaydi. Bozorda yil boshidan buyon ilk bor qisqarish kuzatildi. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda.
O‘zbekistondagi avtomobil bozorida sotuvlar avgust oyida iyulga nisbatan 2,3 foizga o‘sdi. Elektromobillar savdosidagi o‘sish esa 38 foizga yetdi.
Iyun oyidagi keskin pasayishdan keyin iyulda avtomobil bozorida sotuvlar 17 foizga oshdi. Eng katta o‘sish (28,9 foiz) elektromobillar bozorida qayd etildi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi mashinalar sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foizga ko‘paydi.
Iyun oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida 123 ming dona avtomobil sotildi, bu may oyiga nisbatan 21 foizga kam. Sotuvlar birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham pasaydi. Shu bilan birga, xorij avtomobillari va elektromobillarga talab ortdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting